Doniyor Joʻraqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doniyor Joʻraqulov
Tavalludi 1957-yil
Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish injenerlari instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Doniyor Ochilovich Joʻraqulov (1957-yil, Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doniyor Joʻraqulov 1957-yilda Gʻallaorol tumanida tavallud topgan[1]. 1980-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish injenerlari institutining Yer tuzish fakultetini Muhandis yer tuzuvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlab, „Gʻallaorol suv qurilishi“ trestida muhandis geodezist lavozimida ishlagan[1]. 1981-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti „Muhandislik geodeziyasi“ kafedrasi assistenti, 1985—1988-yillarda Moskva qurilish muhandislari institutida „Geodeziya“ ixtisosligi boʻyicha aspiranturada tahsil olib, 1990-yili nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1996—2010-yillari Samarqand viloyati „Koʻchmas mulk kadastri xizmati“, „Yer resurslari va davlat kadastri“ boshqarmalari boshligʻi, „Yer mulk kadastr xizmati“ davlat unitar korxonasi boshligʻi oʻrinbosari, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchisi lavozimida ishlagan. Hozirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar kadastri kafedrasi mudiri.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2 ta monografiya, 5 ta maʼruzalar matni, 2 ta ixtirosi uchun patent, 20 dan ortiq uslubiy koʻrsatmalar, 50 dan ziyod ilmiy maqolalar, 5 ta ilmiy ishlanmalar muallifi. „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE