Donishnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"DONISHNOMA" - Ibn Sinonit falsafiy asari. 1031—39 y.larda yozilgan deb taxmin qilinadi. Fors tilida yozilgan. "D." Ibn Sinoning koʻp jildli "Kitob ash-shifo" asarining qisqartirilgan nusxasi. "D." 4 boʻlim: mantiq, metafizika (ilm ul-ilohiy), fizika va mat. (riyoziyot) dan iborat. Asar Ibn Sinoning dunyoqarashini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Unda mantiq ilmining mohiyati, tushunchalari, bilishdagi roli, ilmlar tasnifi, umumiy falsafiy tushunchalar, olamning mohiyati, vujudga kelishi, moddaning abadiyligi, harakati, umumiy tabiatshunoslik (naturfalsafa), geom., arifmetika, musiqa tushunchalari haqida qisqa va izchil fikr yuritiladi. "D." birinchi marta 1891 y.da Haydarobodda nashr etildi. 1957 y.da dastlabki 3 boʻlimi, 1967 y.da 4-boʻlimi Dushanbada birinchi marta rus tilida chop etildi. "D." ning bir qismi oʻzbek tilida bosilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil