Donishmandchaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Donishmandchaxon - Chigʻatoy ulusi hukmdorlaridan biri. Chingizxonning uchinchi farzandi Oʻqtoyxonnmng oltinchi pushti hisoblanadi. Amir Qazagʻon (hukmronlik yillari 1346—58) Qozon Sultonxonni qatl (1346) etib, D.ni xon deb eʼlon qiladi va uning nomi bilan tanga zarb ettiradi. D. Mova-rounnaxr xoni sanalsada, aslida davlat ishlarini Qazagʻonning oʻzi boshqargan. Ulugʻbeknit taʼkidlashicha, D. Chigʻatoyxon avlodidan boʻlmaganligi bois amir Qazagʻon tomonidan oʻldirilgan (1348). Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, D.ning oʻgʻli Suyurgʻatmishni xonlik shohsupasiga (1370—88) koʻtargan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360— 1370, T., 1994; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992.