Donetsk toshkoʻmir havzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Donetsk toshkoʻmir havzasi - Yevropadagi muhim koʻmirli havza. Ukrainaning Lugansk, Donetsk, Dnepropetrovsk, qisman Poltava, Harkov va Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatlarida joylashgan. Maydoni 60 ming km2. Shundan Ukrainadagisi 40 ming km2 dan koʻproq. Koʻmirning balans zaxirasi A+V+S, toifa boʻyicha 56 mlrd. t, S2 toifa buyicha 18,1 mlrd. t. Ukrainadagi koʻmirning zaxirasi yukrridagiga muvofiq 48,6 va 14,2 mlrd. t. Donetsk toshkoʻmir havzasining tektonik tuzilishi Ukraina kristalli qalqoni bilan Voronej kristalli massivi oraligʻidagi sinklinoriydan iborat. Havzaning geologik tuzilishida yuqori paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga mansub choʻkindi jinslar ishtirok etgan. Koʻmir qatlamlari karbon davri yotqiziqlarida joylashgan. Bu yotqizikdar ohaktosh, argellit va alevrolitlardan tashkil topgan. Donetsk toshkoʻmir havzasining koʻmirga samaradorligi oʻrta karbon davriga toʻgʻri keladi. Donetsk toshkoʻmir havzasida 330 ga yaqin koʻmir qatlami maʼlum. Bular quyi, oʻrta va yuqori karbon yotqiziklarida. Koʻmir tarkibidagi uchuvchan moddalarning miqdori va b. xossalariga koʻra Donetsk toshkoʻmir havzasi koʻmiri 8 markaga bulingan. Yonganda 7150 kkal/kg dan 8600 kkal/kg gacha issiklik chiqaradi. Donetsk toshkoʻmir havzasining gidrogeologik sharoiti qatlamlardan kumir olishga juda kulay. Shaxtalarni deyarli suv bosmaydi. Donetsk toshkoʻmir havzasida toshkoʻmir dastlab 1721-yil Kundaryuch daryosi oʻzanidan topilgan. 1864—70 yillarda havzaning birinchi geologik haritasi tuzilgan. Kumir dastlab oddiy usulda olingan. 1892—1926-yillarda mukammal geologik sʼyomka oʻtkazilgan. Dastlabki shaxta 1895-yilda Lugansk metallurgiya zavodini yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida qurilgan. Donetsk toshkoʻmir havzasida kumir shaxta usulida qazib olinadi. Donetsk toshkoʻmir havzasi koʻmiri qora metallurgiya, issiklik elektr styasida va b. maqsadlarda ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil