Dona gul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dona gul — qorakoʻl terisi gulining bir turi. Shakli loviyaga oʻxshashligidan loviya gul deb ham ataladi. D. g. xuddi qalami gullilari kabi yopiq, jingalak uchlari gul tagiga deyarli bu-ralib kirgan. Bunday qorakoʻl terilari qimmati jihatdan qalami gullilardan soʻng ikkinchi oʻrinda turadi. Toʻliq jingalaklangan chiroyli gullilari sof zot krrakoʻl qoʻylari uchun xos belgidir. D. g. qisqa, eniga nisbatan 1,5—2 marta uzunroq (uz. 8–13 mm). D. g.ning uzunligi, katta-kichikligi teri sifatini belgilaydi. D. g.lari mayda terilar — fler va kirpuk navga; D. g. lari oʻrtacha terilar — yupqa jaket; kattalari — qalin jaket navga kiradi. Bulardan ikkinchisi qimmatli hisoblanadi. D. g.lar, asosan, terining yonbosh va son qismida, qarchigʻayida, toʻla sagʻri va orqa choʻqqi qismida kam shakllangan boʻladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil