Don kuyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Don kuyasi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Don kuyasi (Sitotroga cerealella Oliv.) — xavfli ombor zarrarkunandasi. Qurti (lichinkasi) makkajoʻxori soʻtalari, arpa, sholi, bugʻdoy, javdar, shuningdek, suli, oq joʻxori va dukkakli ekinlar donini shikastlaydi. Kapalagi 6—9 mm, kanoti yozilganda 11 — 19 mm. Oldingi qanotlari uchli, uchida ingichka tillarang popugi bor, kanoti asosidan qora chiziq oʻtgan. Qurti 7—8 mm, oqish, boshi qoʻngʻir, harakatchan, don magʻzini yeb, shu joyda gʻumbakka aylanadi. Gʻumbagi 6—6,5 mm, rangi toʻq qoʻngʻir. D. k. pillaga oʻralgan qurtlik holida qishlaydi, koʻklamda gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri 10—15 kunga boradi, keyin kapalakka aylanib, urgʻochisi don yuzasiga 200 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 5—8 nasl beradi. Tuxumi rivojlanishi uchun 27— 28° harorat va don namligi 12%dan yuqori boʻlishi kerak. Tuxumdan 10—15 kunda qurt chiqadi, don bilan ovqatlanadi, Kuzda omborning devor va poliga oʻrmalab chiqib, pilla oʻraydi. Oʻzbekistonning janubiy rayonlarida dala ekinlariga ham zarar yetkazadi.

Kurash choralari: ombor ichi, asbobuskunalar yangi hosil qabul qilinguncha insektitsidlar va b. pre-paratlar suspenziyasi yoki ularning emulsiyasi bilan dorilanadi, eshik va derazalari zich yopilib, metil bromid, xlorpikrin yoki dixloretan preparatlari bilan dezinfeksiya qilinadi.

Lutfi Mirmaqsudova.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil