Dolerit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dolerit (yun. doleros — aldamchi) — kaynotip magmatik togʻ jinsi, intruziv tog jinslariga nisbatan yuzaroqda hosil boʻladi. Ichki tuzilishi ofit, poykilofit, intersertal, tashqi tuzilishi massiv, baʼzan toshbodom. Rangi krramtir kulrang. Mineral tarkibiga koʻra D.ning olivinli, asl va leykodolerit xillari mavjud. D.ning effuziv analogi bazalt deb ataladi. Asosan, plagioklaz, piroksen, ozroq olivindan iborat. D. bazalt tarkibli lava oqimlari markaziy qismining asta-sekin sovishidan hosil boʻladi. Gipabissal intruziv jinslar (dayka, sill) koʻrinishida uchraydi. Kontinent lar, okean osti Yer pusti, orollar trapp formatsiyalarida koʻp tarqalgan. Oʻzbekistonda Chatqol, Qurama, Nurota, Tomdi, Boʻkantov, Molguzar togʻlarida uchraydi. D. bilan mis, nikel, kobalt, polimetall (qoʻrgʻoshin, pyx) va b. konlar bogʻliq. D. qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil