Doira kvadraturasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Doira kvadraturasi - berilgan doiraga tengdosh kvadrat yasash masalasi. Qad. mashhur 3 masala (yaʼni burchak triseksiyasi, kubni ikkilantirish va D. k.) ning biri. Mil av. 5-asrda yunon olimlari sirkul va chizgʻich yordamida berilgan doiraga tengdosh kvadrat yasash masalasi bilan shugʻullanishgan (mas, Gippokrat oychalari). Ammo ularning urinishlari behuda ketgan. 1882 y.da nemis matematigi F. Lindeman D. k. masalasini sirkul va chizgʻich yordamida hal qilib boʻlmasligini qatiy isbotladi. D. k. masalasini, mas, kvadratrisa yordamida yechish, taqribiy va mexanik usullar (xususan, Leonardo da Vinchi silindri) yordamida yechish mumkin. D. k.ni taqribiy hal qilishni, xususan shunga bogʻliq p ni taqribiy hisoblashni qadimgi oʻrta osiyolik matematiklar ham juda yaxshi bilishgan. Mac, Muhammad al-Xorazmiy, Jamshid al-Koshi va b. p sonini katta aniklik bilan hisoblaganlar.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil