Dogʻiston togʻ qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dogʻiston togʻ qoʻy zoti - mayin junli, goʻsht-jun beradigan qoʻy zoti. Dogʻistonda dagʻal mahalliy gunib qoʻylarini Vyurtemberg (Germaniya) mayin junli qoʻchqorlari bilan chatishtirib yetishtirilgan (1933—50) va olingan 2-boʻgʻin duragaylarini tanlash va saralash, togʻ yaylovlariga moslashish qobiliyatini oʻrgangan holda yaratilgan. Togʻ-yaylov iqlimiga yaxshi moslashgan. Pushtdorligi 130—135%. Qoʻchqorlarining tirik vazni 80—85 (ayrimlari 130) kg gacha, sovliqlariniki 50—45 (baʼzida 95) kg. Qoʻchqorlaridan 5,5— 6,0 (10 kg) gacha, sovliklaridan 3,3— 3,5 (6,5 kg) gacha jun qirqib olinadi. Toza jun chiqishi 55—58%. Juni oq, tolasining uz. 8—11 sm. Sof jun (tola) chiqimi 55—56%. D. t. q. z. dagʻal junli qoʻylar sifatini yaxshilashda foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil