Dodxoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dodxoh, dodxo (fors—adolat istovchi) — 1) Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida: a) qalʼa boshligʻi, qoʻrboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor, raisi kalon; Qoʻqon xonligida bu mansab amaldorlar roʻyxatida toʻqqizinchi oʻrinda (parvonachidan keyin, biydan oldin) turgan. D. yiliga xon xazinasidan 700 botmon don va 1000 tilla pul olgan; 2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga yetkazib, javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor. Qoʻqon xonligida bunday amaldor hudaychi deb nomlangan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil