Doʼiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʼiy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — oʻzbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil koʻrgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (vaʼz aytuvchi) boʻlib xizmat qilgan. Chin sevgi va sadoqat, muruvvat va adolat, haqgoʻylik va zamona nosozligidan shikoyat D. sheʼrlarining asosiy mavzuini tashkil etadi. D. adabiy merosining umumiy hajmi 5 ming misraga yaqin, 2 ta devoni bor. Unda D. bitgan gazallar, Navoiy, Feruz, Rojiy va Munis gʻazallariga muhammaslar hamda mustahzod, murabbalar jamlangan. Ayrim gʻazal va muhammaslari 20-asr boshlarida Xivada tuzilgan koʻpgina bayoz va tazkiralarda ham uchraydi. Mazkur qoʻlyozmalar Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. № 906/III, 908/11, 1152, 1172, 2036, 1143, 1195, 1128, 1131 va b.).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil