Qizlarxon Doʻstmuhamedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizlarxon Doʻstmuhamedova
Tavalludi 25-noyabr 1946-yil
Vafoti 25-may 2023-yil(2023-05-25)
(76 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat sanʼat instituti
Kasbi Raqqosa
Mukofotlari

Qizlarxon Kamolovna Doʻstmuhamedova (1946-yil 25-noyabr, Toshkent; 2023-yil 25-may[1]) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1977). 19651972 va 19821988-yillar „Shodlik“ ashula va raqs ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. „Goʻzal“ ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (19721981). 1988-yildan Toshkent davlat madaniyat institutida pedagog.

Doʻstmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. „Goʻzal“, „Tong malikasi“, „Goʻzal tong“, „Intizor“, „Buxoro yulduzi“, „Sevgi taronasi“, „Nozli“ kabi zamonaviy, shuningdek, „Munojot“, „Tanavor“, „Moʻgʻulchai segoh“, „Qorakoʻzim“, „Guluzorim“, „Safti miskin“ va boshqalar mumtoz raqslari mashhur. „Shashmaqom“ telefilmida qatnashgan (1972). „Tanavor“ raqs ansambli (Sietl, AQSH)da oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSH, Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis va boshqa mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Doʻstmuhamedova ijodiga bagʻishlab „Nafosat guldastasi“ nomli film ishlangan (1985). „Elyurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.