Doʻspanov Oʻroqboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻspanov Oʻroqboy (1938.4.3, Moʻy-noq sh.) — qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), filol. fanlari d-ri (1981), prof. (1992). Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika institutini tugatgan (1960), shu institutda oʻqituvchi (1960—61), Oʻzbekistan FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1961—81), boʻlim mudiri (1981—92), direktor oʻrinbosari (1985—89), Nukus davlat pedagogika institutida kafedra mudiri (199294), dekan (1994-yildan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1993—94). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tilining tarixi, dialektologiyasi, grammatikasi, leksikografiya, lingvogeografiya kabi masalalarga bagʻishlangan. D. oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun qoraqalpoq tilidan dareliklar muallifi. "Qoraqalpoq tilining imlo lugati" (1980— 90), "Qoraqalpoqcha-ruscha lugʻat" (1990), "Ruscha-qoraqalpoqcha lugʻat" (1995) kabi bir qancha lugʻat tuzuvchilaridan biri.

Ac: Qoraqalpoq ismlari, T., 1994; Qoraqalpoq adabiyoti klassiklari asarlari tili, T., 1995.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil