Dmitriy Uznadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dmitriy Nikolayevich Uznadze [1886.20.12(1887.1.1), Gruziyaning Zestafon tumani Sakar qishlogʻi — 1950.12.10, Tbilisi] — gruzin psixologi va faylasufi. Gruziya FA akad. (1941). Leypsig (1909) va Xarkov (1913) untlarini tugatgan. 1915 y. Gruziyada gruzin tilida oʻqitiladigan xotinqizlar oʻrta maktabini tashkil qilgan. Tbilisi universitetining asoschilaridan (1918) biri. Uning tashabbusi bilan bu untda psixologiya boʻlimi, kafedrasi va eksperimental psixologiya lab.si ochilgan. Gruziya FA psixologiya institutiga asos solingan vaqtdan boshlab uning direktori boʻlgan (1950 yildan U. nomida). Utafakkur, nutq, idrok, faoliyat psixologiyasiga oid bir necha asarlar yozgan. Psixologiyada ustanovkaning original nazariyasi, shuningdek, psixologiya fanining turli sohalari boʻyicha darsliklar muallifi.