Dmitriy Konovalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dmitriy Petrovich Konovalov (1856.22.3, hozirgi Dnepropetrovsk viloyati — 1929.6.1, Leningrad) — rus kimyogari. Akademik (1923 yildan). Eritmalarning kimyoviy nazariyasi asoschilaridan biri. Petrograd texnologiya instituti (1915-18), Konchilik instituti (1918— 22) professor Petrograd oʻlchov va ogʻirliklar Bosh palatasi prezidenti va texnologiya instituti professor (1922 yildan). Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari kimyoviy termodinamika va kinetikaga oid. Konovalov eritmalarning gaz va suyuq fazalaridagi komponentlarining nisbiy tarkibi bugʻ bosimiga hamda ikkita suyuq fazadan iborat sistemalarning qaynash temperaturasiga bogʻliklik qonunlarini (Konovalov qonunlari) kashf etgan (1881—84).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "KONOVALOV Dmitriy Petrovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil