Division 1 Féminine

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1974-yil
Jamoalar soni 12 ta
Pastki liga Division 2 Féminine
Ichki kuboklar Coupe de France Féminine
Trophée des Championnes
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion Lyon
Eng koʻp marta chempion Lyon (15 marta)}}
TV hamkorlar Canal+ (Fransiya bayrogʻi Fransiya)
ATA Football (global) telekanallari
Veb-sayt Website
Amaldagi oʻyin 2022-2023 mavsum Division 1 Féminine

Division 1 Féminine (D1F nomi bilan qisqartirilgan va homiylik sabab D1 Arkema nomi bilan ham tanilgan), 1-Féminine divizioni Fransiyadagi ayollar futbolining eng yuqori divizioni hisoblanadi. Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladigan Division 1 Féminineda oʻn ikkita toʻliq professional klub ishtirok etadi.

1974-yilda tashkil etilgan Division 1 Féminine hozirgi formatda 1992-yildan beri mavjud. Mavsumlar sentyabrdan iyungacha davom etadi, jamoalar mavsumda har biri 22 tadan jami 132 ta oʻyin oʻtkazadi. Aksariyat oʻyinlar shanba va yakshanba kunlari oʻtkaziladi. Oʻyin muntazam ravishda dekabr oyining ikkinchi haftasidan keyin toʻxtatiladi va yanvar oyining uchinchi haftasida qayta boshlanadi. Division 1 Féminine UEFA 2019-2020 ayollar assotsiatsiyasi klublari koeffitsientlariga koʻra Yevropadagi eng yaxshi ayollar ligasi deb topilgan[1].

„Lyon“ — Division 1 Féminineda eng koʻp gʻolib chiqqan klub hisoblanadi(14). Klub ketma-ket chempion boʻlish boʻyicha ham mamlakatda boʻyicha rekordga ega (oʻn toʻrtta). Paris Saint-Germain 2020-2021-yilgi mavsumda birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan va musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Division 1 Féminine dastlab 1918-yilda tashkil etilgan va ayollar futboli fidoiysi Elis Milliat boshchiligidagi Fransiyadagi ayollar futbol tashkiloti Fédération des Sociétés Féminines Sportives de France (FSFSF) tomonidan boshqarilgan. Division 1 Féminine ayollar futboli taqiqlanganligi sababli toʻxtatilgunga qadar oʻn ikki mavsum davom etdi. 1975-yilda ayollar futboli rasman qayta tiklandi va Division 1 Féminine Ayollar ligasi Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan moliyalashtirildi. Professionalizm siyosati 2009-2010-yilgi mavsumdan joriy qilingan va Fransiyadagi ayol futbolchilar oʻsha mavsumdan oʻz klublari bilan professional shartnomalar imzolay boshlagan[2][3].

2022-yil iyul oyida FIFA 23 oʻyinida Division 1 Féminine jamoasi ham ishtirok etishi eʼlon qilindi[4].

Musobaqa formati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Division 1 Féminineda hozirda 12 ta klub ishtirok etadi. Mavsum davomida, odatda, sentabrdan iyungacha, har bir klub qolganlarini ikki marta, bir marta oʻz stadionida va bir marta raqib stadionida jami 22 oʻyinda oʻtkazadi.

2001-2004-yillar oraligʻida Division 1 Féminineda pley-off tizimi qabul qilingan. Division 1 Féminine jadvalidagi eng yaxshi toʻrtta klub mavsum yakunlanganidan soʻng pley-off jadvaliga kiritiladi va ushbu guruh orasida oʻzaro-pley-off oʻyinlari oʻtkaziladi. Goʻlib mavsum chempioni boʻladi.

UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-2020-yilgi mavsumga qadar Division 1 Féminineda faqat eng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining 32-bosqichiga yo‘llanma olardi.

UEFA ayollar koeffitsienti boʻyicha aniqlangan hisoblarga koʻra, 2020-2021-yilgi mavsumdan boshlab Division 1 Féminine gʻolibi toʻgʻridan-toʻgʻri UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi, ikkinchi oʻrinni olgan jamoa esa ikkinchi bosqichga, uchinchi jamoa oʻrinni olgan jamoa esa shunchaki musobaqaga yoʻllanma oladi.

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-2021-yilgi mavsum jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 12 ta klub 2019-2020-yilgi mavsumda Division 1 Féminineda qatnashgan.

Jamoalar 2019-2020-yilgi mavsumdagi oʻrni Tashkil topgan yili Chempinlik

soni

Oxirgi marta chempio boʻlgan mavsum
Bordeaux 3 1981 0 -
Dijon 9 2010 0 -
FC Fleury 91 7 2017 0 -
EA Guingamp 6 1973 1 1988-1989
Issy D2 Feminineda A 1 1997 0 -
Le Havre D2 Feminineda B 1 2014 0 -
Lyon 1 1970 14 2019-2020
Montpellier 4 1990 2 2004-2005
Paris FC 5 1971 6 2005-2006
Paris Saint-Germain 2 1971 1 2020-2021
Reims 8 1970 5 1981-1982
Soyaux 10 1968 1 1983-1984

Chempion jamoalar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya ayollar futboli chempion jamoalari roʻyxati maqoalasiga qarang.

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Gollar soni Eng yaxshi toʻpurar (jamoasi)
2001–02
22
Fransiya Marinette Pichon (Saint-Memmie Olympique)
2002–03
26
Fransiya Sandrine Brétigny (Lyon)
2003–04
18
Fransiya Claire Morel (Lyon)
2004–05
38
Fransiya Marinette Pichon (Juvisy)
2005–06
36
Fransiya Marinette Pichon (Juvisy)
2006–07
42
Fransiya Sandrine Brétigny (Lyon)
2007–08
27
Fransiya Laëtitia Tonazzi (Juvisy)
27
Braziliya Kátia (Lyon)
19
Fransiya Eugénie Le Sommer (Saint-Brieuc)
20
Fransiya Laëtitia Tonazzi (Juvisy)
22
Fransiya Eugénie Le Sommer (Lyon)
24
Shvetsiya Lotta Schelin (Lyon)
25
Fransiya Gaëtane Thiney (Juvisy)
34
Shvetsiya Lotta Schelin (Lyon)
33
Norvegiya Ada Hegerberg (Lyon)
20
Norvegiya Ada Hegerberg (Lyon)
Fransiya Eugénie Le Sommer (Lyon)
31
Norvegiya Ada Hegerberg (Lyon)
22
Fransiya Marie-Antoinette Katoto (PSG)
16
Fransiya Marie-Antoinette Katoto (PSG)
22
Yamayka Khadija Shaw (Bordeaux)
2021–2022
18
Fransiya Marie-Antoinette Katoto (PSG)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manabalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Women's association club coefficients“. UEFA. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  2. „Statut pro pour ces dames“. L'Équipe (2009-yil 6-mart). 2009-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyun.
  3. „Foot féminin, la lueur d'un statut professionnel“. FootAmat (2009-yil 14-mart). 2009-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyun.
  4. Stuart. „Fifa 23 to add women’s club football for first time“. The Guardian (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]