Divergent (kitoblar to'plami)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Divergent
Muallif(lar) Veronica Roth
Mamlakat AQSH
Til inglizcha
Janr(lar)i
Nashr etilgan sanasi 2011–2013
Nashriyot Katherine Tegen Books

Divergent — amerikalik yozuvchi Veronica Rothning Chikagodagi post-apokaliptik distopiyasida tasvirlangan kattalar uchun ilmiy-fantastik sarguzasht romanlari turkumi[1]. Trilogiya Divergent (2011), Insurgent (2012) va Allegiant (2013) dan iborat[2][3] kitob boʻlib, Four (2014) trilogiya qahramonlaridan biri Tobias nuqtai nazaridan aytilgan bir qator qisqa hikoyalarni taqdim etadi. Keyinchalik qisqa hikoya, We Can Be Mended (Biz tuzatilishimiz mumkin) (2018) trilogiya voqealaridan besh yil oʻtgach, yana Tobias/Four nuqtai nazaridan epilog boʻlib xizmat qiladi.

Trilogiyada kelajakda besh toifaga boʻlingan distopiya jamiyatida tasvirlanadi. Trilogiya jamiyati oʻz aʼzolarini ijtimoiy va shaxsiy bogʻliqliklari bilan belgilaydi va besh xil fraktsiyalar orqali mustaqil idora qilinadigan va aholi xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday tahdidni yoʻq qiladigan jamiyat tuzishadi. Keyinchalik ismini Trisga oʻzgartirgan Beatrice Prior Sahovat fraksiyasida tugʻiladi, lekin oʻz hohishi bilan jasurlik fraksiyasiga oʻtadi va u oʻz hayotini Divergent sifatida anglab yetadi. Romanning keyingi rivojida Tris asl tabiatini yashirishi va agar uning Divergent ekanligini Erudit va Dauntless liderlari bilib qolishsa, oʻlim xavfi bilan yashashi kerak edi[4].

Kitoblar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sarlavha Sahifalar Boblar Soʻzlar Audio AQSh nashri
1 Divergent 487 39 105,143 11 soat 12 minut 2011-yil 26-aprel
2 Insurgent 525 47 98 890 11 soat 24 minut 2012-yil 11-may
3 Allegiant 526 50 110 354 11 soat 52 daqiqa 2013-yil 22-oktyabr
4 Four:A Divergent Collection 304 82 59 727 6 soat 33 daqiqa 2014-yil 8-iyul
5 We Can Be Mended 29 1 6000 2018-yil 9-yanvar
Jami 1871 137 380,114 41 soat 1 min

Divergent[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serialning birinchi asosiy qismi apokaliptikdan keyingi Chikagoda yashovchi oʻsmir Beatrice Prior haqida hikoya qiladi, unda jamiyat beshta toifaga boʻlingan, ularning har biri maxsus ijtimoiy funktsiyaga ega: Sahovat, Doʻstlik, Samimiy, Jasurlik va Zakovat. Beatrice Sahovat aʼzosi, 16 yoshida Jasurlik fraksiyasiga oʻtadi, bu jarayonda Tris ism bilan hayotini davom ettiradi. Sahovatda tugʻilgan Tobias Eaton bilan ishqiy munosabatda boʻladi. U oʻzining yangi jamoasiga kirishi bilan asta-sekin fraksiya tizimining muvozanatini buzishni rejalashtirayotgan fitnani fosh qiladi.

Insurgent[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seriyaning ikkinchi asosiy qismi Divergent voqealarining bevosita davomi hisoblanadi.

Tris, Tobias va ularning ittifoqchilari Divergentlarni qutqarish uchun boshqa fraksiyalarni va hech qaysi fraksiyaga toʻgʻri kelmagan fraksiyasizlarni, Erudit yetakchisi Jeanine Matthews zulmiga qarshi yig‘ishni boshlaydilar.

Allegiant[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seriyaning uchinchi va oxirgi asosiy qismi Insurgent filmi tugaganidan keyin sodir boʻladi. Tris, Tobias va ularning ittifoqchilari fraksiyasizlik hukmronlik qilayotgan Chikagodan chekka tomonga qochib ketishadi. Ular Chikagoda fraksiya tizimining maqsad va vazifasini o‘rganadilar va sodir boʻlayotgan fuqarolar urushi oʻz shaharlarini vayronagarchilikka olib kelishining oldini olish yo‘lini topishlari kerak boʻladi.

Four: Divergent toʻplam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antologiya uchta yangi kitobdan tashqari, avval elektron kitob sifatida alohida nashr etilgan beshta qisqa hikoyadan iborat edi. 4-kitob Tobias Eatonga qaratilgan boʻlib, Divergent nomidagi birinchi kitobning baʼzi voqealari oldingi qismi va qayta hikoyasi sifatida namoyish etildi.

Tanqidiy yondoshuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trilogiya tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Tanqidchilar Divergentni syujeti va harakati uchun[5][6], Insurgentni esa yozilishi va tezligi uchun maqtashdi[7]. Yana boshqa bir tanqidchi shunday deydi: „Hech kim Divergent qiziqarliligi va maroq bilan oʻqiladigan kitob emasligiga bahslasha olmaydi. Suvga cho‘kib ketish oson, u bilan mashg‘ul bo‘lish oson, zarracha ham zavqlanmaslik mumkin emas[8]“. Allegiant qismi oʻziga tortadigan sahnalari va sevgi hikoyasi uchun maqtovga sazovor boʻldi, lekin uning yakuni va nasri uchun tanqid qilindi.

Kinoga moslashuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Summit Entertainment romanning moslashuvini suratga olish huquqini sotib oldi va rejissyorlikka Neil Burgerni tavsiya qildi. Shailene Woodley Beatrice „Tris“ Prior rolini va Teo Jeyms Tobias „Four“ Eaton rolini ijro etdi. Lionsgate va uning korxonasi Summit Entertainment filmni tarqatdi[9]. Kate Winslet Jeanine Matthews sifatida tasdiqlangan. Shuningdek, Tori rolida Maggie Q, Christina rolida Zoe Kravits, Kaleb rolida Ansel Elgort, Piter rolida Miler Teller, Natalie Prior rolida Ashley Judd, Endrew Prior rolida Toni Goldwyn va Eric rolida Jai Courtneyni ham jalb etilgan[10]. Divergent 2014-yil 21-martda chiqarilgan. Insurgent filmi 2014-yilning 27-mayida[11] Atlantada suratga olishni boshladi va 2015-yilning 20-martida ekranga chiqarildi[12]. Allegiantning moslashuvi ikki qismga boʻlingan: birinchi qism Allegiant 2016-yil 18-martda chiqarilgan boʻlsa, Ascendant deb nomlangan ikkinchi qism dastlab 2017-yil iyun oyida chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Ascendantning katta ekranga chiqarilishi Allegiantning salbiy kassa natijalari tufayli toʻxtatildi[13]. 2016-yil 20-iyulda Ascendant telefilm sifatida chiqarilishi eʼlon qilindi, biroq keyinroq bekor qilingan[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Christopher Borrelli. „The next YA superstar?“. Chicago Tribune (2013-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  2. „Insurgent (Divergent Series #2) by Veronica Roth“. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
  3. „Allegiant (Divergent Series #3) (B&N Exclusive Edition) by Veronica Roth“. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
  4. Divergent Summary & Guide. BookRags. 2015-yil 14-oktyabrda qaraldi. 
  5. Dominus, Susan. „In This Dystopia, Teens Must Choose Wisely“. The New York Times (2011-yil 12-may). Qaraldi: 2012-yil 28-dekabr.
  6. Angulo Chen. „Divergent“. Common Sense Media (2011-yil 11-may). Qaraldi: 2012-yil 28-dekabr.
  7. „Insurgent Veronica Roth. HarperCollins/Tegen“. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
  8. Tsui. „Teen book nook: Review of "Divergent"“. 2015-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  9. Siegel, Tatiana; Kit, Borys. „'Downton Abbey's' Theo James Nabs Male Lead in Summit's 'Divergent'“. The Hollywood Reporter (2013-yil 15-mart). Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  10. Kit, Borys; Siegel, Tatiana. „Maggie Q, Zoe Kravitz and Ansel Elgort Join 'Divergent' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2013-yil 11-mart). Qaraldi: 2013-yil 11-mart.
  11. „'Divergent' Sequel 'Insurgent' Starts Filming in Atlanta May 27th!“ (2014-yil 25-aprel). Qaraldi: 2014-yil 27-aprel.
  12. „'The Divergent Series': 'Insurgent' to be Released in March 2015; The Spark between Shailene and Theo Continues“ (2015-yil 9-fevral). Qaraldi: 2015-yil 20-iyul.
  13. „Divergent Series: Ascendant TV Series in Development at Starz“ (en). Den of Geek. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  14. „DIVERGENT TV Series No Longer In Development“ (2018-yil 21-dekabr). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.