Diuron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diuron, gerbatoks, dixlor-fenidim, karmeks (C,HI0ON2C12) — singib, tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid. Rangi oq, 80%li hoʻllanuvchan kukun. Paxtazorlarda, danakli va rezavor meva bogʻlarda, tokzorlarda bir yillik boshoqli (kurmak, itqoʻnoq) va ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Bir yillik begona oʻt (olaboʻta, machin, semizoʻt, ituzum, shamak va b.)larga 1,5 — 2,5 oy davomida taʼsir koʻrsatadi. Tuproq namligi ortgan sari preparatning gerbitsidlik xususiyati ham orta boradi. Oʻsimlikka ildizi orqali shimiladi. Yerga ekish paytida lenta usulida, bogʻlarda erta bahorda begona oʻtlar urugʻi koʻkarmasdan oldin purkaladi. Sarf meʼyori (taʼsir etuvchi modda hisobida) gʻoʻza uchun 0,4—1,6 kg/ga, mevali bogʻlarda 2,5—3,2 kg/ga, 0,5—1,75 kg/ga sarflanadi. Ish suyuqligi 100—150 l/ga. Zahari kam.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil