Distillangan suv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Distillangan suv - haydash (distillash) yoʻli bilan tarkibidagi erigan mineral tuzlar, organik moddalar va b. qoʻshimchalardan tozalangan suv. Tibbiyotda ishlatiladigan D. yeda nitrat, nitrit va sulfat kislotalar, xlor, kalsiy ionlari, karbonat angidrid va b. qoʻshimchalar boʻlmasligi kerak, 10 ml shunday suv buglantirilganda qoldigʻi 0,5 mg dan oshmasligi lozim. Teri ostiga yuboriladigan erit-malar va koʻzga tomiziladigan dorilar tayyorlash uchun D. s. kayta sterillanadi yoki qaynatib olinadi. D. yeda organizm uchun zarur mikroelementlar boʻlmaganligi sababli ichishga yaramaydi, uzok, isteʼmol qilinganda meʼda toʻqimalaridagi tuzlarni yuvib ketadi, na-tijada epiteliy hujayralari boʻkib, nobud boʻladi. D. s. kimyo va fizika lab. larida erituvchi sifatida ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil