Kontent qismiga oʻtish

Dissipativ sistemalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dissipativ sistemalar (lot. dissipatus — tarqalib ketgan, sochilib ketgan) — harakat davomida toʻla mexanik energiyasi (kinetik va potensial energiyalar yigʻindisi) uzluksiz kamaya borib, boshqa energiya shakllariga, mas, issiklik, nurlanish va hokazo energiyaga aylana boradigan dinamik sistemalar. D. yeda mexanik energiyaning kamaya borish surʼatini tavsiflovchi funksiya dissipativ funksiya deyiladi. D. yeni konservativ va konservativ boʻlmagan (energiya oluvchi va beruvchi) sistemalardan farq qilish kerak, chunki D. yeda tashkaridan energiya olin-maydi va tashkariga energiya berilmaydi. Suyuklik yoki gaz oqimida harakatlanadigan va shu oqim taʼsiriga uchraydigan jismlar; bir jiyemning boshqa jismda ishqalanib harakat qilishi; jiyemning qovushoq muhitdagi harakati va b. unga misol boʻlishi mumkin. Samolyotlar dinamikasida, ballistika va mexanikaning boshqa boʻlimlarida D. s. alohida oʻrganiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil