Dissimilyasiya (tilshunoslik)
Dissimilatsiya - so'z tarkibidagi bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan
birining boshqa tovushga ko'chishi: birorta > bironta (ror > ron), kissa > kista
(ss > st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumhin.
Dissimilatsiya hodisasi yo'nalishiga qarab ikki xil bo'ladi:
a) progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o'zgaradi: zarur > zaril kabi;
b) regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o'zgaradi:
maqtanmoq > maxtanmoq kabi.
Tovushning o'zgarish darajasiga ko'ra dissimilatsiya yana ikki turga
bo'linadi:
a) to ‘liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo'xshash
tovushga aylanadi: kissa > kista (ss > st) kabi;
b) to ‘liqsiz dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning
artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o'zgaradi. Masalan, uchta > ushta
(ch > sh) kabi: «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo
«t»ning ta’sirida «ch» sirg'aluvchi «sh» ga o'tgan.
Tovushlar o'rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil
bo'ladi:
a) kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri
o'zgaradi: kissa > kista kabi:
b) distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar
bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta > bironta kabi.
Manba: A.Jamolxonov "Hozirgi o'zbek adabiy tili" 75-bet.(by Anvarov S.)
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |