Displaziya
Displaziya (due... va yun. plasis — hosil boʻlish, oʻsish) — embriogenez va tugilgandan keyingi davrda aʼzo, toʻqima yoki tana qismlarining notoʻgʻri rivojlanishi. Hoz. vaktda D. xavfli oʻsmalar rivojlanishidan oldin epiteliy hujayralarining tartibsiz oʻzgarishlarini, yaʼni hujayralar va umuman toʻqima kompleksining neoplastik (oʻsma toʻqimalari rivojlanishiga tomon yoʻnalgan oʻsish), normadan tashqari, oʻsma hosil boʻlishiga moyil oʻzgarishini anglatadi. Ilgari D. faqat yassi epiteliy hujayralariga xos oʻzgarish deb hisoblanar edi, hozirga kelib bu jarayonni morfologik jihatdan chuqurroq oʻrganish u boshqa toʻqima hujayralari, mas, prizmatik, ichki sekret bezlari epiteliysi va hokazoga ham taalluqli ekanligi maʼlum boʻldi. Hujayra va toʻqimalardagi oʻzgarishlarning ogʻirengilligiga koʻra, D.ning 3—4 darajasi tafovut qilinadi. Uning eng ogʻir xili "malignizatsiya" — butun toʻqimani qoplab oladi, hatto oʻsmaning in-vaziyasi bilan tugashi ham mumkin. Displatik oʻzgarishlarning tobora kuchayib, rivojlanib borishi pirovardida oʻsma paydo boʻlishiga olib keladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |