Dismenoreya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dismenoreya (due... va yun. men — hayz, rhoira — kechish), algomeno-r ye ya — hayzning ogʻriqli kechishi. D.da, odatda, qorin pasti, bel va dumgʻaza sohasi ogʻriydi. Ogʻriq hayzdan oldin yoki uning dastlabki kunlari paydo boʻlib, butun hayz kunlari davomida kuzatiladi. Baʼzan koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, umumiy ahvolning oʻzgarishi hollari kuzatiladi. D. birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi D. jinsiy aʼzolarning kasalliklari bilan bogʻliq boʻlmaydi, koʻpincha tugʻmagan ayollarda uchraydi. Ikkilamchi D. turli ginekologik kasalliklar (oʻsma, endometrioz va b.)ning oqibatidir. D. mustaqil kasallik boʻlmay, balki turli kasalliklar, rivojlanish anomaliyalari va b.ning belgisi sifatida namoyon boʻladi. D.ning yuzaga kelishida ayniqsa, nerv sistemasining funksional xususiyatlari va oʻzgarishlari, shuningdek, boshdan kechirilgan kasalliklar (infeksiya, zoʻriqish, ogʻir ruhiy kechinmalar), infantilizm, endokrin buzilishlar muhim rol oʻynaydi. D.ni davolash uni yuzaga keltirgan omillarni bartaraf etishdan iborat. Birlamchi D.da nerv sistemasi faoliyatini tartibga solish, normal hayot tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, ruhiyatga zararli taʼsirotlarni yoʻqotish, turli somatik kasalliklarni davolash lozim. Ikkilamchi D.da yalligʻlanish kasalliklari, endometrioz va b.ni davolashga eʼtibor berish kerak.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil