Discus ruderatus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Discus ruderatus[1] nima?

Ilmiy klassifikatsiya

  • Olam: Hayvonat
  • Turkumi: Malyuskalar
  • sinf: gastrapodlar
  • Turkum: O'pka salyangozlari
  • Pastki turkum: Eupulmonata
  • Oilasi: Discidae
  • Tur:Discidae
  • ko'rinishi:Discus ruderatus

Discus ruderatus: Quruqlikdagi malyuskalar oilasiga mansub tur- Discidae.

Qobiqning balandligi 2-3,5mm, kengligi esa 5,7mm. qobiqning pastki qismi konussimon yoki bosilgan konussimon shaklda bo'ladi.Xarakter xususiyati:Qobiqning yuzasi kuchli va bir tekis qovurg'ali. Qovurg'alarning kengligi qovurg'alararo bo'shliqlar kengligidan kamroq. Aylanasi 4-4,5 asta sekinlik bilan o'sib boruvchi qavariq bo'lib, diafragmasi qiya deyarli yumaloq qirralari esa yupqa ko'rinishda bo'ladi. Chig'anoqning shohlari qizil, to'q qizil va jigarang rangda bo'ladi.Tanasi kulirang, to'q kulirang qobiqning pastki qismi och rangda. bolib,turli hil biotiplarda yashaydi:nam va quruq (o'rmonli,ochiq joylarda , Dengiz sathidan to 2800m bo'lgan tog'larda) antropogen biotoplarda( bog'lar va hiyobonlarda) u chirigan daraxtlarda,daraxt tanasining po'stlog'ining moxli joylarida, toshlarning ostida va zaht joylarda yashaydi.U Shimoliy Evrosiyoda Evropadan Sharqiy Sibirgacha va g'arbiy Kanadada[2]. tarqalgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „discus ruderatus“ (o'zbek).
  2. Welter-Schultes F. „Species summary for Discus ruderatus (en) (deadlink). AnimalBase. Early zoological literature. AnimalBase Project Group (2009). 2013-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 stycznia 2012.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lixarev I. M., Rammelmeyer E. S. SSSR faunasining quruqlikdagi mollyuskalari. - M.-L.: SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 1952. - 512 p.