Kontent qismiga oʻtish

Diplomatik nota

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diplomatik notadiplomatik yo’zishmaga oid hujjatning bir turi. Verbal va shaxsiy diplomatik notalarga boʻlinadi. Diplomatik tajribada koʻproq verbal nota qoʻllanadi. Shaxsiy diplomatik nota muhim, jiddiy muammolarga bagʻishlanadi yoki biror-bir voqea toʻgʻrisida rasmiy axborot tarzida yuboriladi. Diplomatik nota diplomatik protokol talablariga binoan yoki shaxsiy diplomatik notaga javob tarikasida ham yoʻllanadi, u imzo chekuvchi nomidan 1-shaxs feʼlida tuzilgan xat shaklida nota blankasiga bosilib, manzil koʻrsatiladi, ammo muhr bosilmaydi. Xalqaro diplomatik amaliyotda diplomatik notalar ayirboshlash xalqaro shartnomalar tuzishning shakllaridan biri hisobladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil