Dinsun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dinsun — Shimoliy Xitoyning Shanʼsi viloyatiga qarashli qishlogʻi (Fenxe daryosi yoqasida) yaqinidan topilgan quyi paleolit davri qarorgohi. 1953-yilda ochilgan. D.dan qazilma odamning 3 ta tishi (1 ta ustki va 2 ta pastki) va 2 mingga yaqin tosh qurol topilgan. Tosh qurollar orasida qirgʻich, nukleuslar, uch burchakli yoʻgʻon ponalar, yupqa pichoq, yumaloq tosh bolgʻalar koʻp uchraydi. D. odami sinantrop bilan hozirgi odamlar oʻrtasidagi taraqqiyot bosqichida turgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil