Kontent qismiga oʻtish

Dini ilohiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"DINI ILOHIY" — hinduiylik, islom, jaynizm va zardushtiylik elementlarini oʻzida mujassamlashtirgan va Hindistonda shoh Akbar tomonidan joriy etilgan din. Bu din Hindistondagi diniy nizolarni bartaraf qilish va davlatni markazlashtirish maqsadida rasm qilingan. Unda Quyosh hamma narsadan yuqori qoʻyilgan, akl haqiqatning oliy mezoni hisoblangan. Shoh Akbar oliy kohin deb eʼlon qilingan. Shoh Akbar vafotidan soʻng bu din kichik bir mazhabga aylanib qoldi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil