Dingo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dingo
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Dingo (Canis dingo) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Avstraliyada tarqalgan. Boʻyi va tuzilishi nemis ovcharkasiga oʻxshaydi. Tanasining uz. 90—100 sm. Juni oqsariq, kulrang-qoramtir. Oʻrmon, togʻlardagi butazorlar va dashtlarda to'da boʻlib yashaydi. Tungi hayvon. Tinch okean o.laridan keltirilib, keyinchalik yovvoyilashib ketgan itning kenja turi boʻlishi mumkin degan taxminlar mavjud. Baʼzi kemiruvchilar va koʻrshapalaklarni hisobga olmaganda D. Avstraliyadagi yuksak sut emizuvchilarning yagona vakilidir. Turli yovvoyi va uy hayvonlari bilan oziqlanib, chorvachilikka katta zarar yetkazadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil