Dinamometamorfizm
Qiyofa
Dinamometamorfizm (yun dynamis — kuch va metamorphosis — oʻzgarmoq) — Yer poʻstida togʻ jinslarining strukturaviy, maʼlum darajada tubdan mineral oʻzgarishlari, metamorfizmning bir turi. D.ning asosiy omillari — tektonik harakatlardan vujudga keladigan (dinamik) va yuqorida yotgan togʻ jinslarining ogʻirligidan qosil boʻladigan (statik) bosim. Taʼsir etgan bosimning xiliga qarab togʻ jinslari qisman yoki butunlay qayta kristallanadi, baʼzan yangi minerallar va togʻ jinslari hosil boʻladi yoki togʻ jinslari mexanik parchalanadi. D. asosan Yer poʻstining yuqori struktura zonalarida sodir boʻladi. D. natijasida milonitlar va slanetslashish vujudga keladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |