Dinamika (musiqa)
Dinamika (musiqada) - 1) muayyan asarning nota yozuvida va bevosita uni ijro etishda tovushlar sadolanishi kuchi (baland-pastligi)ning oʻzgaruvchanligi; 2) shu oʻzgaruvchanlikni ifodalovchi belgilar majmui; 3) mazkur jarayonni oʻrganuvchi taʼlimot. D. musiqiy ifodaning muhim vositalaridan boʻlib, xalq va professional ijod va ijrochilikda qadimdan qoʻllanilib kelingan. D. atamasi ilk bor shveysar musiqa oʻqituvchisi X. Negeli tomonidan (1810) joriy etilgan degan taxmin bor. D.ning eng aniq, yaʼni kuchli, baland — forte, fortissimo; kuchsiz, past, sekin — piano, pianissimo (r, rr) va b. turlari qoʻllaniladi. Shu bilan birga, muayyan D.dan boshqasiga asta-sekin oʻtib boruvchi (sadoning kuchayishi — crescendo, sadoning pasayishi — diminuendo va b.) turlari ham joriy etiladi. Ijodiy amaliyotda butun bir asarni muayyan D. xususiyatlariga izchil tayanib yaratish misollari uchrab turadi. Mas, O. Lassonit "Aks sado" xori "r"larning qarama-qarshiligiga, M. Ravelning "Bolero" simfonik manzarasi sadolanishining "rr"dan izchil kuchayishi, yaʼni D.ning asta-sekin orta borishi va crescendo orqali oʻz avjiga koʻtarilishiga asoslangan.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |