Dimlama
Dimlama — dimlab tayyorlanadigan taom. Goʻsht yoki baliq, turli sabzavot va baʼzi mevalardan pishiriladi. D. xushxoʻr, yengil hazm boʻladi, chunki dimlash usuli bilan tayyorlangan taom tarkibidagi foydali moddalar (vitaminlar, mineral va qand moddalari, xushboʻy hid va maza beruvchi ekstrak-tiv moddalar) saqlanib qoladi. D.ning bir necha turlari bor: goʻsht D., baliq D., oshqovoq D., behi D., sabzavot D. va b. Goʻsht D., — goʻshti va dumba loʻnda-loʻnda qilib toʻgʻraladi, suyaklar ham 2— 3 sm uzunlikda chopiladi, soʻngra mayda toʻgʻralgan piyoz, tuz va ziravor bilan qorishtiriladi. Qizdirilgan qozonga avval yogʻ, keyin suyak, soʻngra toʻgʻralgan goʻsht qavatqavat qilib solinadi. Har qavatiga dafna yaprogʻi, tuyilgan murch, ukrop solinadi, bugʻ hosil boʻli-shi uchun ozroq suv quyiladi va qopqogʻi jips yopilib, atrofiga sochiq oʻrab qoʻ-yiladi. 40 min. davomida pishiriladi. Goʻshti likoplarda, sardagi piyolalarda dasturxonga tortiladi. Oshqovoq D. — oshqovoq poʻchoq va urugʻdan tozalanadi, katta-kichikligi gugurt qutisidek qilib toʻgʻraladi, soʻngra yuziga tuz sepib sariyogʻda bir oz qovuriladida, ustidan suyuqroq qaymoq quyib, dimlab qoʻyiladi, sust olovda 30 min. davomida pishiriladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Mahmudov K., Mehmonnoma, T., 1989.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |