Dimitrios Kourbelis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dimitrios Kourbelis Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Dimitrios Kourbelis
Tugʻilgan 2-noyabr 1993-yil(1993-11-02)[1][2][3](28 yosh)

Afini, Gresiya
Fuqaroligi
Boʻyi 181 cm
Vazni 73 kg
Pozitsiyasi himoya yarim himoyachisi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Gresii Panathinaikos
Raqami 21
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Dimitrios Kourbelis (talaffuzi: Dimitrios Kurbelis grek. Dēmkhtēs Kōrmuēēs) 1993-yil 2-noyabrda Gretsiyada tugʻilgan. Yunon futbolchisi „Panathinaikos“ klubi va Gretsiya terma jamoasining himoyachi yarim himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dimitrios Kourbelis „Asteras“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 14-sentyabrda Gretsiya Superligasida „Panathinaikos“ga qarshi debyut qildi[4]. 2013-yilda Dimitrios Kourbelis klubga Gretsiya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. 2015-yil 22-mart kuni „Ergotelis“ga qarshi bahsda Dimitrios Kourbelis „Asteras“ uchun birinchi golini urdi[5]. 2017-yil boshida Dimitrios Kourbelis „Panathinaikos“ga oʻtdi. Transfer summasi 700 ming yevroni tashkil qildi. 5-yanvar kuni „Plataniya“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6].

2018-yilning 13-yanvarida „Live Sport athletic“ gazetasi xabariga koʻra, „Genoa“ moliyaviy jihatdan qiynalayotgan „Panathinaikos“ga yarim himoyachi va klub sardorini yanvar oyidagi transfer oynasida qoʻlga kiritish uchun 2 million yevro taklif qilgan. Boshqa nemis va italyan klublari futbolchining narxiga qiziqish bildirishgan. „PAOK“ futbol klubi „Panathinaikos“ga Dimitrios Kourbelis uchun 1,5 million yevro taklif qilgan.

Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Dimitrios Kourbelis Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Angliya, Estoniya, Portugaliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8][9][10].

2013-yilda Gretsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Dimitrios Kourbelis Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[11].

2017-yil 9-iyun kuni JCh-2018 saralash bosqichida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi oʻyinda Dimitrios Kourbelis Gretsiya terma jamoasi safida debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Petros Manatlosni oʻrniga maydonga tushgan[12].

Milliy jamoa Yil Oʻyin Gol
Gretsiya 2017 1 0
2018 6 0
2019 9 1
2020 7 0
2022 6 0
Jami 29 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dimitrios Kourbelis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Dimitrios Kourmpelis // FBref.com (mn.)
  3. Dimitris Kourbelis // FBref.com (mn.)
  4. „Панаитоликос VS. Астерас 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 14-sentyabr).
  5. „Астерас VS. Эрготелис 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-mart). 2015-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  6. „Платаньяс VS. Панатинаикос 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-yanvar). 2017-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  7. „Англия (до 19) VS. Греция (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  8. „Эстония (до 19) VS. Греция (до 19) 1:4“ (en). soccerway.com (2012-yil 6-iyul). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  9. „Португалия (до 19) VS. Греция (до 19) 2:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 9-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  10. „Испания (до 19) VS. Греция (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 15-iyul). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  11. „Греция (до 20) VS. Узбекистан (до 20) 1:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  12. „Босния и Герцеговина VS. Греция 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-iyun). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.