Dilxiroj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"DILXIROJ", Dilharosh (fors. — dilni tirnovchi) — oʻzbek va tojik xalqlarining mumtoz raqs kuyi. Bosh ohangi rivojlanishi jarayonida peshrav uslubi yetakchi oʻrin tutadi. D.ning ommabop yallalarga yaqin ashula yoʻli ham mavjud boʻlib, Tojikistonda "Siynaxurush" deb yuritiladi. Lad va kuy-ohang asoslari Buzruk maqomi yoʻllariga yaqin. D. rivojining yuqori qismida "Zebo pari" avji ishlatilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil