Dilorom Karimova (olima)
- Vikipediyada ismi Dilorom va familiyasi Karimova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Dilorom Amonovna Karimova | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi |
1968-yil Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | kimyogar |
| Sohasi | kimyo |
| Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
| Ilmiy darajasi | kimyo fanlari nomzodi |
| Ilmiy unvoni | professor |
Dilorom Amonovna Karimova (1968-yil, Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dilorom Karimova 1968-yil Qiziltepa tumani Zarmetan qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1990-yilda Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetini tamomlab, kimyo oʻqituvchisi ixtisosligini olgan. 1999-yilda Navoiy davlat konchilik institutini tugatib, muhandis-ekolog ixtisosligini olgan. 1990—1995-yillarda Qiziltepa tumani 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi, 1995—2001-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasida smena boshligʻi, texnika xavfsizligi muhandisi, 2001—2004-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti „Kimyoviy texnologiya“ kafedrasida assistent, 2004—2007-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti „Kimyo“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2007—2010-yillarda katta oʻqituvchi, 2010—2012-yillarda „Kimyo va ekologiya“ kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi, 2012—2013-yillarda „Kimyo va ekologiya“ kafedrasi dotsenti, 2013—2019-yillarda „Kimyo va ekologiya“ kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2019-yildan „Kimyo“ kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda „Kompozitsion polimer sorbitlar ishlab chiqarish, undan sanoatning zararli gazlarini tozalashda foydalanish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 300 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy maqola va tezis hamda qoʻllanmalar muallifi[1].
