Dilnoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilnoz — ertapishar tarvuz navi. Oʻzbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Dnepropetrovskiy, Mramorniy va Ogonyok navlarini duragaylash yoʻli bilan chiqarilgan (R. Hakimov, S. Qoʻchqorov, 1990). D. oʻrtacha palaklanadi, asosiy palagi uzun. Bargi oʻrtacha, ingichka, kulrang-yashil, barg asosida uyma barglari bir-biriga tegib turadi. [[Tarvuzi dumaloq, deyarli qora, toʻrsiz, ingichka, uzun koʻrinmaydigan taramlari bor. Ogʻirligi 3,5–4 kg . Pusti qalinligi oʻrtacha, qattiq. Eti yorqin qizil, mayin, shirador. Mevasi tarkibida umumiy qand miqdori 7,6%, S vitamini 7,3 mg% ga boradi. Urugʻi mayda, 1000 ta urugʻining ogʻirligi 50—55 g . Urugʻi unib chiqqanidan keyin mevasi 85 — 90 kunda pishadi. Hosildorligi 300 s/ga dan yuqori. 1994-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi (qarang [[Tarvuz).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil