Kontent qismiga oʻtish

Diletant

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diletant (lotincha: delecto — rohatlantiraman, zavqlantiraman soʻzidan) — fan yoki musiqa, rassomlik, meʼmorlik kabi sanʼat turlarining biror sohasi bilan izchil qiziqib shugʻullangan, lekin shu sohaning professional mutaxassisi boʻlmagan shaxs, maʼlum maʼnoda — havaskor. Baʼzi (Italiya kabi) davlatlarda diletantning maxsus uyushma (jamiyat)lari mavjud[1].

  1. „Diletant“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (D-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.