Diler Imomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diler Siddiqovich Imomov (1939.23.4, Toshkent) — rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (2002). Respublika rassomlik bilim yurti (1960) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1966)ni tugatgan. 1967-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida dars bergan; 1997-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida dotsent, 2000-yildan prof. I. asarlarida insonning ichki dunyosini va uning tashqi olam bilan uygʻunligini aks ettiradi, koʻpgina asarlarining asosini maʼrifiy mazmun, mehnatkash bolajonli oʻzbek ayoli, uning kundalik tashvishlari, orzu-umidlari, qishloq qayoti mavzusi tashkil qiladi: "Dala shiyponidagi bolalar bogʻchasi" (1967), "Frontdagi otamga" (1975), "Katta Fargʻona kanali qurilishida" (1980), "Ruh iltijosi" (Navoiyga bagʻishlangan, 1990), "Kechki nido" (1991) va b. Keyingi yillarda I. ijodida ona yurt manzaralari keng oʻrin oldi ("Tanga-topgan qishlogʻi", 1994; "Togʻdagi koʻl", 1995; "Chorvoq", "Sharshara", 1997 va b.), kalamtasvir ustasi sifatida tanildi ("Miraziz portreti", 1983 va b.).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil