Dilbarjin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dilbarjin — qad. shahar harobasi (mil. av. 5 — mil. 4-asr). Afgʻonistonning Balx sh.dan 40 km shim.garbda joylashgan. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davrida ravnaq topgan. Sovet-Afgʻon ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1970—78). Haroba toʻrtburchak shaklda, mudofaa devori (umumiy uz. 1,5 km, kalinligi 3,5 m) bilan oʻralgan. Bir necha burji, 4 darvozasi, atrofi xandaq boʻlgan. Shahar markazida 20 m bal.da alohida mudofaa devori (uz. 600 m) bilan oʻralgan shoh saroyi joylashgan, uning bir darvozasi boʻlib atrofi xandaq bilan oʻralgan. Shahar hududida budda ibodatxonasi, devoriy rasmlar bilan bezatilgan yirik bino, xumdon, mudofaa devorlari harobalari tekshirilgan. D.dagi binolar hashamatli qilib bezatilgan. Bir xona devoriga otga suyanib turgan shaxslarning toʻq-qizil, sariq, koʻk, binafsha, jigarrang rasmlari (bal. 2,13 m) ishlangan. Boshqa xonada hoʻkiz minib turgan qind xudolari Shiva va Parvati rasmlari tasvirlangan. Yana bir xonaning devorida tik turgan 12 kishi va qoʻllarida qadah ushlab oʻtirgan ikki qator shaxslar tasviri ishlangan, tasvirlarning boshlari orasiga qad. hind-brahma yozuvi bitilgan. Rasmlar Hindistonning qad. sanʼatiga taqlid qilib ishlangan boʻlsada, Bolaliktepa va Panjikent devoriy rasmlariga juda oʻxshashdir. D.dan, shuningdek, sopol idishlar, mis tangalar, yunon yozuvi bitilgan tosh boʻlagi ham topilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kruglikova I. T., Pugachenkova G. A., Dilberdjin, M., 1977; Drevnyaya Baktriya, M., 1984.