Diktant
Diktant (lot. dicto — aytib turib yozdiraman) — oʻquvchilarga imlo va tinish belgilariga doir qoidalarni oʻrgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qoʻllaniladigan yozma ish. Taʼlimiy va nazorat turlari bor. Taʼlimiy diktant qanday oʻtkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan diktantlarga boʻlinadi. Ogohlantiriladigan diktantda imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli diktantda matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan diktantda notanish soʻzlar matnni oʻquvchilar yozib boʻlganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib boʻlingach tushuntiriladi. Taʼlimiy diktantning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va oʻz-oʻziga diktant turlari bor. Nazorat diktanti oʻquvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta taʼlimiy ahamiyatga ega, chunki bunda oʻquvchilar mavjud bilim va koʻnikmalarini ishga soladilar. Nazorat diktantda oʻquvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |