Difmanometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Difmanometr, differensial manometr — bosimlar farqini oʻlchaydigan asbob. Bosimlar farqi boʻyicha suyuqliklar sathini, bug , gaz, suyuqliklar sarfini oʻlchashda ham ishlatiladi. Ishlash tarziga koʻra suyuqlikli va mexanik D.larga boʻlinadi. Suyuqlikli D.ning naychali, qalqovuchli, halqasimon va qoʻngʻiroqsimon turlari bor. Mac, naychali D. oʻz navbatida ikki (Usimon) va bir naychali (idish va vertikal naychali hamda idishli va qiya naychali) turlarga boʻlinadi. Ikki naychali D.ning ishi suyuqlik toʻldirilgan tutash idishlardan foydalanishga asoslangan. Usimon D.ning oʻlchash diapazoni muxit bosi-mi 15 MN/m2 (150kg-kuch/sm2) boʻlganda 93 kN/m2 (700 mm sim. ust.). Qalqovuchli D. bir naychali D.ga oʻxshab ishlaydi; bunda idishdagi suyuklik sathining oʻzgarishini asbob miliga uzatuvchi sifatida qalqovuch xizmat qiladi. Oʻlchash diapazoni muhit bosimi 16 MN/m2 (160 kgkuch/sm2) boʻlganda 0—133 kN/m2 (0—1000 mm sim. ust.). Mexanik D. membranali va silfonli xillarga boʻlinadi. Membranali D.ning ishi elastik metall membrananing bosimlar oʻzgarishi hisobiga egilishiga asoslangan (2-rasm). Oʻlchash diapazoni mu-hit bosimi 60 MN/m2 (600 kg-kuch/sm2) gacha boʻlganda 133 kN/m2 (1000 mm sim. ust.) gacha. Silfonli D. burmalangan metall quticha (silfon)ning ichidagi va sirtidagi bosimlar farqi hisobiga ishlaydi. Qalqovuchli, halqasimon, qoʻngʻiroqsimon va mexanik D.larda koʻrsatuvchi, oʻzi yozuvchi hamda elektr kontaktli qurilmalar ham boʻladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil