Differensial renta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Differensial renta, tabaqalashgan renta — katta kaytim beradigan qulay resurslardan foydalanish hisobiga olinadigan qoʻshimcha daromad; qishloq xoʻjaligida yer rentasi shakli boʻlib, D. r. yerning xoʻjalik yuritish obʼyekti boʻlishidan kelib chiqadi. D. r. yaxshi va oʻrtacha unumdor, qulay sharoitdagi yerlardan olingan qoʻshimcha mahsulotning oʻrtacha foydadan ortiq qismidir.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil