Didaktik adabiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiytaʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. D. a. ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib takaladi (mas, "Qobusnoma"). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida D.a. uzok, tarixga ega. D.a.ga doyr ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi D. a.ning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyik" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. D.a.dan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid "Urjuza" sheʼriy asari). D.a.ga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.

20-asr oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pandnasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlimtarbiyaga oid D.a. namunalari koʻplab uchraydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil