Did

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Did (estetikada) — hayot va sanʼatning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. D. uzoq ijtimoiytarixiy taraqqiyot, mehnatning turli sohalaridagi tajribalar natijasida vujudga keladi. D.da shaxs, guruh va xalqning olamga estetik munosabati tajribasi inʼikos etilib, uni har bir kishi turli yoʻllar bilan oʻzlashti-radi, oʻz individual estetik faoliyati bilan boyitadi. D. insonga xos fazilat. U yuksak yoki past, keng yoki tor, cheklangan yoki cheklanmagan, nozik yoki sayoz boʻlishi mumkin. D.ning yuksak yoki pastligi biror narsa yoki hodisaga berilgan baho, bildirilgan munosabatda seziladi. D. insonning tabiat, jamiyat, hayot haqidagi tasavvurlari hamda kechinmalari darajasini bildiradi. D. — insonning tarixan shakllanib, oʻzgarib turuvchi maʼnaviy salohiyatlari koʻrinishidir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, turli davrlar silsilasi D.ning mazmuni va kurinishiga uz taʼsirini oʻtkazadi. Tabiat, jamiyat, sanʼat va insondagi goʻzallikni xunukliklik, noziklikni qoʻpollikdan, yaxshini yomondan ajrata bilish estetik D. harakteri va darajasini koʻrsatadi. Estetik D. milliy va umuminsoniy xususiyatlarga ega. Milliy xususiyatlar tayin tarixiy sharoit va anʼanalar b-n, umuminsoniy xususiyatlar esa bashariyat maʼnaviy merosi bilan bogʻliq. His-tuygʻusiz, maʼnaviy kechinmasiz estetik D. amal qilmaydi. Estetik D. muhokamasida mavhum tafakkur emas, maʼnaviy tuygʻular, yorqin his-hayajonlar birinchi oʻrinda turadi. Estetik idrok jarayonida, yaʼni biror narsaning estetik qiy-matini belgilashda insonning akliy va hissiy salohiyatlari birgalikda qatnashsada, hissiy mushohada asosiy ahamiyat kasb etadi. Har kimning D.i har xil boʻladi. Shuning uchun D. yoʻnalishini har bir kishining goʻzallik haqidagi tushunchasi belgilaydi. D. insonning faqat muomala madaniyatinigina emas, jamiyatdagi muayyan maʼnaviy darajasini, kamolotini ham koʻrsatadi.

D. insonning kasbi, jinsi, yoshi, madaniyati bilan uzviy bogʻliq. D.sizlik — meʼyorni buzish, uni bilmaslik va unga amal qilmaslikdir. Qoʻpollik va bachkanalik D.sizlik alomatidir. In-son D.i tugʻma emas. U tarbiya orkali takomillashib va taraqqiy etib bo-radi. Yuksak va somom estetik D.ga ega boʻlish kishining ham maʼnaviy, ham ruhiy boyligidan dalolat. Estetik D.i takomillashgan va tarbiya koʻrgan odamning madaniy saviyasi yuksak, axloqiy qiyofasi goʻzal, aqliy va hissiy kechinmalari chuqurrokdir. Insonning sanʼat asarlariga munosabati badiiy D.da namoyon boʻladi. Badiiy D. insonning adabiyot va sanʼat asarlarini tushunib yetish, baholay olish va ulardan zavqlana bilish salohiyatini koʻrsatadi. D.ni shakllantirish va rivojlantirish — estetik tarbiyaning vazifasidir.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mahmudov T., Mustaqillik va maʼnaviyat, T., 2001.

Tilab Mahmudov.