Diazobirikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diazo birikmalar - diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan boglangan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. "D." termini turli birikmalar turkumiga taallukli. D. alifatik va aromatik D.ga boʻlinadi. Alifatik D. qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va kislotalar taʼsir ettirilganda parchalanadi, shuningdek, katalizator (mis va uning tuzlari) ishtirokida karbenlar hosil qiladi. Diazometan va diazosirka efiri alifatik D.ga mi-sol boʻla oladi. Aromatik D. beqaror, quruq, portlovchi, reaksiyaga kirishuvchan modda, ishqorlar taʼsirida diazotatlar hosil qiladi. Aromatik D. azo-boʻyoqlar olishda, diazotipiyada ishlatiladi. Alifatik D. — alkillovchi moddalardir.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil