Diapozitiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diapozitiv (qua... va lot. positivus — musbat) — shaffof asos (shisha plastinka yoki plyonka) ga tushirilgan oq-qora yoki rangli fotografik tasvir. Uni epidiaskop bilan ekranga tushirish yoki yoriqqa tutib koʻrish mumkin. Odatda, fotoplastinka va fotoplyon-kaga tushirilgan D. koʻp tarqalgan, u oʻquv maqsadlarida, ilmiy anjumanlarda turli tasvirlarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bir mavzuni ifodalovchi bir necha D. diafilm deb ataladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil