Dialektik mantiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dialektik mantiq—inson tafakkurining rivojlanishi qonuniyatlari toʻgʻrisidagi taʼlimot, mantiq fanining alohida sohasi. Dialektik mantiq ilmiga oid bilimlar antik davr faylasuflari:Geraklit,Platon,Aristotel taʼlimotlarida mavjud edi.Biroq ijtimoiy tafakkurdagi baʼzi cheklanishlar tufayli formal mantiq fikrlash va bilim jarayonida hukmron mavqeni egallab keldi.Faqat XVII asrlardan boshlab,tabiatshunoslikda roʻy bergan keskin yuksalish natijasida formal mantiq bilish ehtiyojlarini qondira olmay qoldi. Natijada,bilish jarayonida yangicha tafakkur metodlari va tamoyillari(F.Bekon,Dekart,Leybnits va boshqalar) asoslab berila boshlandi. Nemis klassik falsafasining shakllanishi bilan dialektik mantiq fani qaror topa boshladi.Bunda nemis faylasuflari I.Kant va Gegelning xizmatlari kattadir.Dialektik mantiq borliqninng rivojlanishi ruh,ong va tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bogʻliqligiga tayanadi.Dialektik mantiq taʼlimotiga koʻra,tafakkur bilishning shunday qonunlariga asoslanadiki,unda tashqi holatdan ichki holatga, hodisalardan mohiyatga,sayozroq mohiyatdan chuqurroq mohiyatga,mavhumlikdan konkretlikka,nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatlar tomon rivojlanish roʻy beradi. Dialektik mantiqda analiz va sintez,induksiya va deduksiya,tarixiylik va mantiqiylik, tajribaviylik va nazariylik metodi bilishning oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan usullarni tashkil qiladi.Dialektik mantiqda, muayyan kategoriyalar tizimidan ham iborat. Undagi kategoriyalar inson bilishiga xos dialektik xususiyatlarni umumlashtiribgina qolmay, erishilgan natijalar darajasini ham belgilaydi.Hozirgi paytda dialektik mantiq fanini rivojlantirishga alohida eʼtibor berilyapti.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Falsafa(qomusiy lug'at), Toshkent, 2004.