Diagenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diagenez (dia... — tugallanganni bildiruvchi old qoʻshimcha va genesis — hosil boʻlish) — suv havzalari tubida boʻsh choʻkindilarning Yer poʻstining yuqori qatlamlari muhitida choʻkindi togʻ jinslariga aylanish tabiiy jarayonlari majmui. D. choʻkindilarning qayta kristallanishi, kolloidlarning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi, autigen minerallar (glaukonit, rodoxrozit, siderit va b.), gʻuddalarning hosil boʻli-shi, barqaror mineral turlarining tarkib topishi, degidratatsiya (suvsizlanish) yoki gidratatsiya va choʻkindilarning sementlanishidan iborat. D. tushunchasini fanga nemis geologi V. Gyumbel (1888) kiritgan. Uning fikricha, D. choʻkindilarning dastlabki holatidan metamorfik jinsga aylanishiga qadar boʻladigan oʻzgarishlar tushuniladi. D. okean, dengiz va dare tubida hosil boʻlgan choʻkindilar tarkibidagi oʻzaro va ular atrofidagi muvozanatning buzilishidan yuzaga keladi. Muvozanatning yoʻqolishi ichki va tashki oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa tarqoq holdagi qum va gil zarralarining bir-biriga yopishib, zich, yaxlit va qattiq togʻ jinslariga aylanishiga sabab boʻladi. Mac, D.da choʻkindi gillardan termal suvlar taʼsirida kristalli slaneilar hosil boʻladi. Erta D. (choʻkindilar tarkibining fizik-kimyoviy muvozanatlashuvi) va kechki D. (moddalarni qayta taqsimlanib turli mineral toʻplamlarini hrsil qilishi) farq qilinadi. Choʻkindilarning dastlabki shakli, tarkibi va xususiyatlarini aniqlashda D.ning ahamiyati muhim.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil