Diadoxlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diadoxlar (yun. diadochos — voris, merosxoʻr) — Aleksandrning yirik lashkarboshi va safdoshlari. Uning vafotidan soʻng oliy hokimiyatni egallash va imperiyani boʻlib olish uchun kurash olib borishgan. D. orasida Perdikka, Antipatr, Krater, Evmen, Polisperxont, Kassandr, Antigon, Demetriy Poliorket, Lisimax, Selevk I Nikator, Ptolemey kabilar mashhur boʻlgan. Mil. av. 301 y.dagi Ips jangi D. oʻrtasidagi kurashning yuqori choʻqqisi boʻlgan. Ushbu jangdan soʻng Aleksandr saltanati tanazzuli boshlanib, mil.av. 3-asr ning 80-y.larida bir qancha mustaqil ellinistik davlatlar (Suriya va Osiyoning boshqa qismlarida barpo etilgan Salavkiylar davlati, Misrda ptolemeylar, Makedoniya va Yunonistonda Antigon va uning avlodlari bosh boʻlgan davlat) ga boʻlinib ketgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil