Kontent qismiga oʻtish

Dezinfeksiya stansiyalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dezinfeksiya stansiyalari - epidemiyaga qarshi ish olib boradigan sanitariya muassasasi; sanitariya-epidemiologiya st-yasi (SES)ning bir boʻlimi. D.s. yuqumli kasallik bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus transportda kasalxonaga olib borib yotqizish, ularning uyi, zarur boʻlsa, atrofidagi joylarni dezinfeksiya qilish, infeksiya oʻchogʻidan yoki turli muassasalardan keltirilgan kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va hokazoni dezinfeksiya kameralarida yuqumsizlantirish, davolash-profilaktika muassasalarida kundalik dezinfeksiya oʻtkazish, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida jamoat joylari (yotoqxona, kinoteatr va korxonalar)ni profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish kabi ishlarni amalga oshiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil