Devcharx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Devcharx, katta charx — kad. xonaki pillakashlik korxonasida turli dastgoh (avursak, dugdon, tegirmon va choridon)ni harakatga keltiradigan ulkan charx, (diametri 2,5 m); ashtob yoki katta charx deb ham yuritilgan. D.ni aylantirish ogʻir ish boʻlgan. Margʻilonlik usta Yusufjon Maʼrufjonov bu mehnatni yengillashtirish niyatida 1942 yilda D.ni 2 baravarga kichraytirdi; 1944 yilda esa u D.ni motor bilan harakatlanadigan qildi. Atlas, beqasam, shoyi va b. matolar pishirilgan tayyor ipaklardan toʻqiladigan boʻlgach, D. ishlatilmay qoʻyildi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil